Kurtlar Vadisi Pusu 223 qism treyleri
O’zbek kinotomoshabinlarining qalbini zabt etgan «Kurtlar Vadisi Pusu» ko’p qismli filmini navbatdagi qismi kelayotgan payshanba oqshomida ekran yuzini ko’radi. 223-qismni besabrlik bilan kutayotgan muxlislar uchun biz bugun mazkur qism treylerini taqdim etamiz.
«Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi qismida bir qator qiziqarli voqealarni kuzatish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Avvalgi qism so’ngida Po’lat Alamdar qizi Elifni Margaretdan qaytarib olish uddasidan chiqadi. Endilikda Margaretni taqdiri nima kechadi? Jahit hayotda qoladimi yoki vafot etadimi? Abdulhay qo’lga tushirgan maxfiy odamlardan kerakli ma’lumotlarni ola bilishadimi? Shu va shu kabi bir qator qiziqarli savollarga quyida keltirilgan treylerni tomosha qilib, qisman bo’lsada javob olishingiz mumkin. Barcha savollarga esa payshanba oqshomida «Kurtlar Vadisi Pusu»ning 223-qismini tomosha qilib javob olishingiz mumkin.