Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Sen, 2013

Kurtlar Vadisi Pusu 196 qism treyleri (yangi fasl)

Kurtlar Vadisi Pusu 196Mana kuz fasli ham kirib keldi. Yoz davomida dam olgan «Kurtlar Vadisi Pusu» seriali ijodkorlari yana ijod ummoniga g’arq bo’lishdi. Filmning yangi qismlarini suratga olishga kirishgan ijodiy guruh 196-qismni tayyor qilib ulgurishgan va 12 sentyabr kuni «ATV» telekanli orqali namoyish etiladi.

Yodingizda bo’lsa, «Kurtlar Vadisi Pusu»ning 195-qismi, fasl yakunida Po’lat Alamdar vafot etayotgan joyida yakun topgan edi. Xo’sh, odatga ko’ra bu faslda ham Po’lat Alamdar qandaydir mo’jiza bilan tirik qoladimi? Filmning mazkur treylerida Po’lat Alamdar o’lganligi haqida so’z ketadi. Abdulhay, Jahit va Kara bir qator qiyinchiliklarga duch kelishgan. Akif esa… Xullas, treyler juda ham qiziq bir qator savollar bilan tomoshabinni o’ylantirib qo’yadi. Baronlik tizimi yana ishga tushadimi? Po’latning ya’ni, Efe Qorahonlining singlisi Sofi Qorahonli ham yangi faslda paydo bo’ladi. Xo’sh, oldinda endi qanday voqealar rivoji bizni kutib turibdi? Abdulhay, Jahit va Karalarning taqdiri ne kechadi? Barcha sizni qiziqtirgan savollar javobini 12 sentyabr, payshanba kunidan boshlanadigan «Kurtlar Vadisi Pusu»ning yangi faslida bilib olishingiz mumkin. Marhamat, yangi fasl treylerini tomosha qiling!!!


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 600 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *