Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyun, 2013

Kurtlar Vadisi Pusu 195 qism treyleri (fasl yakuni)

PUSU 195«Kurtlar Vadisi Pusu» filmining navbatdagi qismi treylerini ba’zi sabablarga ko’ra siz azizlarga dushanba emas, bugun ya’ni seshanba kuni taqdim etmoqdamiz. Mazkur qism «Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi fasli yakuni hisoblanadi. Mazkur qismda Po’lat Alamdar halok bo’ladimi?

Keling, navbatdagi qismga to’liqroq to’xtalsak. 195-qism odatiy qismlardan tubdan farq qiladi. Mazkur qismda biz juda ham ko’plab qiziqarli va hayajonli voqealarga guvoh bo’lamiz. Xabaringiz bor filmning o’tgan qismida Poyraz hay’at a’zolari boshlig’i Farruhbeyni qo’lga olgan edi. Po’lat Alamdar esa Poyrazni yaqin do’sti, o’ng qo’li Arazni otib tashlagan edi. 195-qismda Poyraz Po’latdan o’ch olish maqsadida Farruhbeyni Po’lat Alemdarni ko’z oldida otib o’ldiradi. Po’lat va uning odamlari Poyrazga qarshi otishmalarga kirishadi. Natijada Po’latning yaqin odamlaridan biri Johidga o’q tegadi. Xo’sh, Johid o’ladimi? Farruhbeyning o’limiga sababchi hisoblangan Po’lat Alamdar esa buning badalini o’tashi lozim. Ya’ni, o’lim jazosi. Bu vazifani bajarish esa yana o’sha Akif zimmasiga yuklatiladi. Po’lat Alamdar ham vafot etadimi? «Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi fasli yakuni hisoblangan 195-qismni 6 iyun kuni tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 675 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *