Kurtlar Vadisi Pusu 194 qism treyleri
Har hafta kino ixlosmandlari diqqatini o’ziga tortadigan «Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi 194-qismi treyleri ham internet olamida paydo bo’ldi. SB.uz portali ham yangi qism treylerini siz azizlar e’tiboringizga havola qiladi. Xo’sh, «Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi qismi bizga nimalar tayyorlab qo’ygan?
Sevimli serialingizni 194-qismi ancha qiziqarli kechadigan ko’rinadi. Po’lat Alemdar Poyrazning o’ng qo’li bo’lgan Arazni qo’lga oladi. Ramzi esa hay’atga Poyraz katta havf tug’dirishini ma’lum qiladi. Poyraz esa yangi oqsochli yotgan shifoxonani bosadi. Xo’sh, Po’lat Alemdar qanday yurishlarni amalga oshiradi? Bu savolga 30 may kuni ekran yuzini ko’radigan «Kurtlar Vadisi Pusu»ning 194-qismida javob topishingiz mumkin.