Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Apr, 2013

Kurtlar Vadisi Pusu 189 qism treyleri

PUSU 189Mana yana dushanba kirib kelishi bilan, siz aziz kinoixlosmandlari uchun «Kurtlar Vadisi Pusu» serialining navbatdagi qismi treylerini taqdim etmoqdamiz. Millionlab tomoshabinlarga ega bo’lgan «Kurtlar Vadisi Pusu» filmining navbatdagi 189-qismida biz qanday voqealarni kuzatamiz? Bu savolga hoziroq javob olishingiz mumkin.

SB.uz portali «Kurtlar Vadisi Pusu» filmining har bir qismi haqida siz azizlarga ma’lumot yetkazishda davom etadi. Demak, 18 aprel sanasida ekran yuzini ko’radigan 189-qismda bizlarni qanday voqealar kutmoqda? Kinoijodkorlarning bizga yetkazgan yangi treylerida film bosh qahramoni Po’lat Alamdarning oilasiga Poyrazning «xujumi» namoyon bo’ladi. Poyraz Po’latning qizi Elifga ziyon yetkazish bilan birga, uning ota-onasini ham halok qilish uchun turli choralarni ko’radi. Po’latning otasini tirikligicha ko’mishga harakat qilsa, onasini poezd yo’liga bog’lab ketadi. Bu vaxshiyona harakatlaridan so’ng Poyrazni nimalar kutayotgan ekan? Po’latning ota-onasi tirik qoladimi? Barcha kirdi-korlari oshkor bo’lgan Sanjar 188-qism so’ngida qo’lga tushgan edi. Xo’sh, uning taqdiri nima kechadi? Onasini qutqarish uchun oshiqqan Po’lat onasini qutqara oladimi? Po’latning o’zi poezd tagida qolib ketadimi? Bu kabi ko’plab savollarga javobni faqat va faqat 18 aprel sanasida namoyish etiladigan «Kurtlar Vadisi Pusu»ning 189-qismida javob topishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 429 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *