Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Fev, 2013

Kurtlar Vadisi Pusu 183 qism treyleri

PUSU 183Jahon kinosida o’z o’rniga ega bo’layotgan «Kurtlar Vadisi Pusu» turk seriali davom etmoqda. Jangari janrda suratga olinayotgan mazkur ko’p qismli filmning har bir qismini kino ixlosmandlari orziqib kutadigan darajaga yetdi. Ayniqsa, serialning so’nggi qismlari keskin voqealar rivoji bilan yakun topmoqda.

Xo’sh, «Kurtlar Vadisi Pusu» filmining navbatdagi qismi qanday voqealar bilan davom etadi? Film bosh qahramoni Po’lat Alamdar navbatdagi qismda qanday burilishlar yasay oladi? 182 qism so’ngida Akif va uning do’stlari Po’lat Alamdarni go’yoki Isroilliklarga taslim qilishayotganliklari namoyon bo’lgan edi. Biroq, aslida Po’latning o’rnida Akif xuddi Po’lat singari kiyinib olib taslim bo’ladi. Chunki, Akif Po’lat Alamdar haq ekanligiga iqror bo’ladi va do’stlari bilan Po’latni qo’llashga kirishadilar. Isroilliklar Po’lat o’rnida Akif ekanligini biroz kechroq anglab yetishadi. Po’lat esa bu orada Akifning ko’rsatgan jasorati evaziga uni Isroilliklar qo’lidan ozod qilish rejasini tuzadi. Po’lat Akifni ozod qilgani borganda Akifga o’q uzishadi. Xo’sh, Akif halok bo’ladimi? Eski oqsochli Sanjarni o’rtadan chiqarish uchun qanday harakatlar qiladi? «Kurtlar Vadisi Pusu»ning navbatdagi qismi ko’plab qiziqarli voqealar bilan rivoj topishi kutilmoqda. Shunday ekan, 28 fevral sanasida ekran yuzini ko’radigan 183 qismni o’tkazib yubormang.


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 561 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *