Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Fev, 2013

Kurtlar Vadisi Pusu 181 qism treyleri

PUSU 181Bugun «Kurtlar Vadisi Pusu» ko’p qismli fimining navbatdagi qismi treyleri taqdim etiladigan kun. Kelayotgan payshanba kuni turk telekanalida namoyish etiladigan «Kurtlar Vadisi Pusu» serialining yangi, qaynoq treyleri albatta bizning portalda. Xo’sh, filmning navbatdagi qismida qanday voqealarni kuzatamiz?

Yodingizda bo’lsa, «Kurtlar Vadisi Pusu»ning 180 qismi so’nggida bosh qahramon Po’lat Alamdar jarrohlik amaliyoti uchun tayyorlanayotgan edi. Ixtiyorlar tomonidan bir guruh tayyorlangan yigit va qizlar esa niqob ostida harakatlanayotgan Po’lat Alamdarni aniqlash uchun juda ham yaqin turgan bir vaqtda film yakuniga yetgan edi. Ana endi barchamizni qiziqtirgan savollar ketma-ketligi: Akif boshchiligida yigit va qizlar Po’latni topa oladilarmi? Po’lat Alamdarning jarrohlik amaliyoti chog’ida otishmalar chiqadimi? Sobiq oqsochli Odilbey Sanjarning qo’liga tushadimi? Ashraf bilan qarama-qarshi kelgan Abdulxay va Jahit qanday yo’l tutadilar? Leylaga kim o’q uzadi? U vafot etadimi?
Shu va shu kabi sizni qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishni istasangiz filmning yangi qismini kutishingizga to’g'ri keladi. Unga qadar esa 181 qism treylerini e’tiboringizga havola qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: Jahon kinosi | 2 202 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *