Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Dek, 2010

Toto Kutunyoning Toshkent safari…

Toto CutugnoXabaringiz bor jahonga mashhur Italiya xonandasi Toto Kutunyo 6-dekabr kuni muxtasham Istiqlol san'at saroyida o'zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etish niyatida yurtimizga tashrif buyurgan edi.

Uning tashrifi 4-dekabr tongda Toshkent shahriga uchib kelish bilan boshlandi desak xato bo'lmaydi. Shu kunning o'zida u «O'zbegim taronasi» radiosida intervyu berdi. Radioboshlovchi Magomet Ali Idoyatovning savollariga xonanda faylasufona tarzda javob berib o'tdi. Albatta shu kuni «O'zbegim taronasi» radiosida to'g'ridan to'g'ri intervyuni tinglaganlar bunga amin bo'lishdi. Ertasi kuni xonanda Toshkent shahrining so'lim joylarini aylanib, konsert dasturiga tayyorgarlik ko'rdi. Toto Kutunyoning konserti haqiqiy anshlagga aylandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki Istiqlol saroyi to'liq muxlislar bilan to'lgan, xonanda ijrosidagi har bir tarona juda yaxshi kutib olindi. Toto Kutunyo bilan suhbatda O'zbekiston va ayniqsa bizning xalqimiz haqida juda iliq taasurotda ekanligini yashirmadi. Kelajakda u albatta yana O'zbekistonga tashrif buyurishni niyat qilganligini aytib o'tdi. Shu bilan Toto Kutunyoning O'zbekistonga tashrifi yakunlandi.

Toto Cutugno

Toto Cutugno

Toto Cutugno


Muallif: | Bo'lim: Jahon estradasi | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *