Shakira hali turmushga chiqishni istamayapti!
Dunyoning kolumbiyalik mashhur xonandasi Shakiraning sevgilisi Argentina prezidentining o’g’li — Antonio de la Rua ekanligidan ko’pchilikning xabari bo’lsa kerak. Ammo xonanda shu kunlarda 10 yillik sevgilisi bilan turmush qurishni hohlamayapti. Sababi Shakira o’zining Bagama hamda Urugvaydagi uylariga bo’lgan ulushining bir qismi turmush o’rtog’iniki bo’lishini istamayotgani ekan.
Birgina shuning o’zi Antonio bilan turmush qurmasligimga asos bo’la olmaydi, — dedi Shakira. — Men Antonioni yaqin do’stim deb bilaman. Qolaversa, u bilan birgalikda juda ko’p yaxshi kunlarimni o’tkazdim. Unga birgina tilagim esa kelajakda farzandlarini suyukli otasi bo’lib yursin, — deb so’zini yakunladi xonanda.