Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Avg, 2010

Oksana Kazakovani In-Grid qutladi!

Kazakova InGridRus estradasining taniqli xonandalaridan biri, «Assorti» guruhining solisti Oksana Kazakova ikki kundan keyin ya'ni 14-avgustda nikoh to'yi bo'lib o'tishini yaqinlari va muxlsilariga e'lon qildi. Shu kuni Oksana o'z yaqinlari va do'stlari guvohligi ostida Moskvadagi FHDYO tasdig'idan o'tib, u yerdan to'g'ri shaharning hashamatli koshonalaridan biri «River Palace» to'yxonasiga borishni rejalashtirmoqda.

Kazakova o'zining visol oqshomiga Rossiyaning mashhur xonandalari: Larisa Dolina, Filipp Kirkorov, Sergey Zverev, Aleksandr Peskov, Dmitriy Malikov, Stas Pyexa, Zara, Yuliya Kovalchuk va boshqalarni taklif etgan. E'tiborlisi shundaki, italiyalik mashhur xonanda In-Grid telefon orqali Oksana bilan bog'lanib uni yaqinlashib kelayotgan nikoh to'yi bilan qutlagan.


Muallif: | Bo'lim: Jahon estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *