Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Noy, 2010

Model va bo’lajak ona Miranda Kerr kitob yozdi!

Miranda KerrAvstraliyalik model Miranda Kerr muallifligi ostida yangi kitob bosmadan chiqdi. Ushbu kitob faqat qizlar uchun bo’lib, uning nomi: “Treasure Yourself”. Yana shuni ta’kidlash joizki, shou-biznes yulduzi Miranda shu kunlarda turmush o’rtog’i, aktyor, qolaversa, “Piratov Karibskogo morya” filmining bosh qahramoni Orlando Blumdan farzand kutmoqda.

Miranda o’z kitobida ko’proq yosh qizlarga maslahat bergan. Unga ko’ra, qizlarning bitta odatga o’rganib qolmasliklari va biror narsaga judayam berilib ketmasliklari to’g’risida ko’proq uqtirib o’tilgan. Eng yaxshi narsa — inson hech qachon o’zini yo’qotib qo’ymaslik kerak, deya aytib o’tgan Miranda o’z kitobida. Ayni paytda esa shou-biznes yulduzi turmush o’rtog’i bilan tug'ilajak farzandini tezroq tug’ilishini intizorlik kutmoqdalar. Go’dak taxminan yanvar oylarida dunyoga kelishi shifokorlar tomonidan ta’kidlanmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Jahon estradasi | 90 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *