Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Manzura konsertining 2-kuni yakunida tobi qochdi?!! (+ konsertdan fotoreportaj)
3 Fev, 2015

Manzura konsertining 2-kuni yakunida tobi qochdi?!! (+ konsertdan fotoreportaj)

Manzura 2015 konsertManzura 2015-yilning 1-2-3 fevral kunlarida «Istiqlol» san’at saroyida o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida barcha joyda ma’lum qilingan edi. Konsertning 1 va 2 kunlari juda ham a’lo darajada o’tdi. Biroq, konsertning 2-kuni yakunida Manzuraning yuragi his-hayajonlarni ko’tara olmadi, shekilli, biroz tobi qochib, shifoxonaga olib ketildi.

Mana shu sababdan konsertning 3-kuni to’xtatilishiga to’g'ri keldi. Hozirda Manzura o’zini yaxshi his qilmoqda. Umid qilamizki, bu shunchaki yuqorida tahmin qilganimizdek his-hayajon natijasi. Konsertning birinchi kuni haqida reportaj tayyorlaganimizda bir qator asosiy ma’lumotlarni berib o’tgan edik. Shu sababdan konsertda katta o’zgarish kuzatilmaganligi uchun sizlarga tashrif buyugan mehmonlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Konsertning ikkinchi kunida mehmon yulduzlar qatorida Shahzoda, Lola, «Afruz» guruhi, Halima, Ziyoda, Ulug’bek Rahmatullaev, Shohruhxon, Asal Shodieva, Nilufar Sotiboldieva, «Ummon» guruhi, Sherzod Bin, Ravshan Komilov, Zulayho Boyxonova, Elyor Mahkamov va boshqalarni ko’rishingiz mumkin edi. Konsert tashrif buyurgan har bir ijodkordan intervyu olish kabi ma’suliyatli vazifa esa Dilshod Kattabekov hamda Asqar Hikmatovlar zimmasiga yuklatilgan ekan. Ular o’z ishini uddasidan chiqishdi, deb bemalol aytishimiz mumkin. O’z o’rnida Manzuraga sihat-salomatlik tilagan holda, tez orada o’zining yangi ijod namunalari bilan muxlislarni yana xushnud etishiga ishonib qolamiz.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Jahon estradasi, Tanlanganlar | 3 690 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *