Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Maksimning yakkaxon konsert dasturidan fotoreportaj!!!
29 May, 2015

Maksimning yakkaxon konsert dasturidan fotoreportaj!!!

Maksim 2015 konsert

Rus estradasining yorqin vakilasi Maksim bugun Toshkentning «Istiqlol» san’at saroyida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Muxlislar bilan to’lib toshgan saroy Maksim bilan baravar kuyladi.

Maksimning ijodiga qiziquvchilar, uning muxlislar yurtimizda juda ko’plab topiladi. Buni bugungi konsert dasturi ham isbotlab berdi. Tashrif buyurgan 4000dan ziyod muxlislar ko’zida quvonch nurlari porlab turardi. Maksimning deyarli har bir taronasini birgalikda, jo’r bo’lib kuylashdi. «Yoshlar ijod markazi» tomonidan tashkillashtirilgan ushbu konsert dasturi muxlislar hotirasida endi uzoq muddat muhrlanib qolsa ajab emas. Maksim Toshkentga bugun, ya’ni 29 may sanasida tungi soat 3:00da uchib kelgan bo’lsa, 30 may tungi soat 3:00da yana qaytib o’z yurtiga, Rossiyaga yo’l oladi.Uzoq muddatli samalyot parvozidan so’ng deyarli dam ham olmagan Maksim «Istiqlol» san’at saroyida jonli ijroda 2 soatlik konsert dasturini taqdim etdi. Konsertdan so’ng imkon qadar muxlislariga dastxatlar berib, omadli muxlislar bilan fotosuratlarga ham tushishga ulgurdi. So’ngra esa shahrimizda joylashgan «April» restoraniga o’z ijodiy jamoasi bilan yo’l oldi. Albatta u yerda tanavvul qilib, so’ng Rossiya tomon yana yo’l oladi. Bunday ajoyib konsert uchun senga tashakkur Maksim!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: Jahon estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *