Irakli ota bo'ldi!
Rus estradasining «Pop» yo'nalishida ijod qiluvchi xonanda hamda ko'pchilikka «Vovoy-chumoy» taronasi bilan tanish, mega-yulduz Irakli Pirtsxlava 13-avgust sanasining tungida ota bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi. Dunyoga kelgan chaqaloq xonanda va uning turmush o'rtog'i Sofiyalarning birinchi farzandlari edi.
Kichkintoy Moskvaning Rublyofka tug'riqxonasida dunyoga keldi. Ma'lum bo'lishicha go'dak tug'ilganda uning bo'yi—51 sm., og'rligi esa—3,370 kg.ni tashkil etgan. — Birinchi farzandli bo'lganimdan judayam baxtliman, buning uchun turmush o'rtog'imdan minnatdorman. Men bu kunlarni qanchalik orziqib kutganimni so'z bilan ifodalab bera olmayman, — deydi, 32 yoshida ota bo'lgan Irakli!