Yangi video: Ulug’bek Rahmatullaev — «Do’st»!!!
Shu yilning 28-29-31-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida Ulug’bek Rahmatullaev o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor albatta. Mana bugun mazkur konsert dasturidan ilk videoni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.
Bugungi kuning eng mashhur erkak xonandasi deb bemalol Ulug’bek Rahmatullaevni aytishimiz mumkin. Uning har bir taronasi juda yuqori qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Mana Ulug’bekdan «Do’st» taronasining videosi ham taqdim etilmoqda. Ushbu qo’shiq ilk bor xonandaning yakkaxon konsert dasturida ijro etilgan edi. Mazkur konsert dasturidan eksklyuziv video birinchi bo’lib, SB.uz portali orqali siz azizlarga havola etilmoqda. Marhamat, videodan fotolavhalarni va videoni tomosha qiling!!!
Ulug'bek Rahmatullaev - Do'st (konsert) (474)