Yangi video: Sardor Rahimxon — «Chaqa-chum»!!!
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon ijrosidagi antiqa tarona bo’lmish «Chaqa-chum» muxlislar tomonidan juda ham yaxshi qarshi olingani sir emas. Mana bugun Sardor Rahimxonning mazkur taronasiga konsert dasturida tushirilgan video tayyor bo’ldi.
Sardor Rahimxonning bu yilgi konsert dasturidan tayyorlangan navbatdagi videoni bugun e’tiboringizga tortiq etish uchun tayyormiz. «Sog’lom bola» yiliga atab, bolajonlar uchun kuylangan «Chaqa-chum» taronasiga «After-media» studiyasi tomonidan suratga tushirilgan videoni tomosha qilar ekansiz, beixtiyor yuzingizda tabassum yugurishi aniq. Zero, kayfiyatni ko’taruvchi bu video sizga ham manzur bo’lishi shubhasiz. Quyida mazkur videodan olingan fotolavhalar hamda videoni ko’chirib olish yo’llanmasi keltirilmoqda.
MP3: Sardor Rahimxon - Chaqa-chum (63)
KLIP: Sardor Rahimxon - Chaqa-chum (konsert) (306)