Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Sen, 2014

Yangi tarona va klip: Lola va Dj Piligrim — «Yulduz»!!!

Lola va Dj Piligrim - YulduzO’zbek estradasining ikki yulduzi ijrosidagi «Yulduz» taronasi va unga suratga olingan klip taqdim etilishini orziqib kutgan muxlislari soni juda ko’plab topiladi. Mana bugun siz azizlarga Lola va Dj Piligrimdan «Yulduz» taronasi va unga ishlangan sifatli klipni taqdim etmoqdamiz.

Lola ham, Dj Piligrim ham ko’plab muxlislarga ega bo’lgan yulduzlarimizdan hisoblanishadi. Har ikki san’atkorning muxlislari birlashganda esa qanchalar ko’p sonli muxlislar jam bo’lishini anglash mushkul emas. Sevimli ijodkorlaridan yangi ijod namunasini kutayotgan muxlislar uchun bugun bayram! Dj Piligrim tomonidan yozilgan «Yulduz» taronasi Lola bilan birgalikda ijro etildi va unga iste’dodli klipmeyker Jasur Shametov tomonidan klip suratga tushirildi. Tragediya janrida suratga olingan mazkur klipda, avtoulovni sekinroq boshqarishga da’vat etiladi. Avtoulovni tezkorlik bilan boshqarish oqibati yaxshilikka olib kelmasligini yana bir bor eslatib qo’ygan ijodkorlarning yangi ijod namunasini qarshi oling!!!

MP3: Lola va Dj Piligrim - Yulduz (150)

Klip: Lola va Dj Piligrim - Yulduz (372)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 683 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *