Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Avg, 2013

Yangi nom: Abror Qosimovdan klip

Abror Qosimov - Ado bo'ldi orzularBugun siz azizlarga yosh xonandalardan biri Abror Qosimovni tanishtiramiz. O’zbek estradasida ketma-ket chiqib kelayotgan xonandalar orasida Abror o’z o’rnini topa oladimi yoki yo’qmi? Buni vaqt ko’rsatadi. Hozirda o’z ustida ish olib borayotgan Abror haqida bugun sizlarga ozgina to’xtalib o’tamiz.

Abror Qosimov yoshligidan san’at sohasiga qiziqib, San’at kollejida tahsil oladi. Hozirda boshqa sohaga aloqador institutda tahsil olishiga qaramay, ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Odatda har bir yangi xonandaga biror bir shu sohada tushunchasi bor shaxs ko’mak beradi. Abrorda ham shunday inson bor. Bugungi kunda Abror Qosimovning ijodiy faoliyatida yo’l-yo’riq ko’rsatib, yordamlashayotgan shaxsni siz ham yaxshi taniysiz. U ham bo’lsa, Sharof Muqimovdir. Abror Sharofni o’z ustozidek ko’radi. Ustozining ko’rsatmalari asosida bir qator qo’shiqlar kuylagan Abrordan bugun biz so’nggi taronalaridan biriga ishlangan klipni taqdim etamiz. Taqdim etilayotgan klip «Ado bo’ldi orzular» taronasiga suratga olingan bo’lib, ushbu qo’shiq so’zlari Abrorning o’z qalamlariga mansub, aranjirovka muallifi esa Izzat Holiqov hisoblanadi. Marhamat, yosh xonandaning klipiga baho bering!!!

Abror Qosimov - Ado bo'ldi orzular (309)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 888 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *