Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Noy, 2014

Yangi klip: Zoirbek — «Do’st»!!!

Zoirbek - Do'stYosh estrada xonandasi Zoirbek ijrosidagi yana bir yangi taronaga klip suratga olindi. Xabaringiz bor Zoirbek «Popcorn» taqdimotida o’zining «Bu yurak» taronasiga Dilmurod Agzamov tomonidan suratga olingan klipi uchun sovrin bilan taqdirlangan edi. Navbatdagi klip rejissori ham Dilmurod Agzamov hisoblanadi.

Ajab emas, mazkur klip uchun ham Zoirbek yana turli mukofotlar bilan taqdirlansa. Zoirbekning «Do’st» taronasi mualliflari bilan sizlarni tanishtirib o’tsak. Qo’shiq matni Kamron qalamiga mansub, musiqiy sayqal esa Saidumar Imomxo’jaevga tegishli. Dilmurod Agzamov tomonidan tasvirga olingan ushbu klip 3 kun davomida suratga olingan bo’lib, unda bosh rollarda Xusan va Amrini ko’rishingiz mumkin.

Zoirbek - Do'st (183)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 522 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *