Yangi klip: Xayrulla Vahobov — «Sanam»!!!
Kuni kecha portalimiz orqali xonanda Xayrulla Vahobov yana ijodga qaytganligi va yangi taronalaridan biriga klip suratga oldirganligi haqida xabar bergan edik. Mana bugun mazkur klip tayyor bo’ldi va e’tiboringizga tortiq etilishga tayyor turibdi. Yangi klipni qarshi olishingiz mumkin.
Xayrulla Vahobov ijrosidagi «Sanam» nomli qo’shiqqa ishlangan klip rejissori Nozim Tolipov. Qo’shiq musiqasi Abzalbek Xusanov ijodidan, so’zlari Dilimxon tomonidan yozilgan. Mazkur klipda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Turg’un Beknazarov, Gulchehra Nosirova, Mahsuda Otajonova hamda iste’dodli aktrisa Nargiza Shohobova va aktyor Baxtiyor rol ijro etishgan. Klipni tomosha qiling va unga baho bering!!! Darvoqe, bugun Xayrulla Vahobovning tavallud topgan kuni. Shu munosabat bilan xonandani chin dildan muborakbod etib qolamiz. Ijodiy barkamollik tilab qolamiz!!!
MP3: Xayrulla Vahobov - Sanam (66)
KLIP: Xayrulla Vahobov - Sanam (228)