Yangi klip: Umidaxon «O'rgilay sizdan»
«Akfa-media» prodyuserlik markazi xonandasi Umidaxondan navbatdagi milliy qo'shiqqa ishlangan videoklip telekanallarda namoyish etila boshladi. Klip efir yuzini ko'rganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, o'z muxlislarini topishga ulgurdi.
Milliy estrada yo'nalishida qo'shiqlarni maromiga yetkazib ijro eta olayotgan Umidaxonning mazkur qo'shig'i ham juda yaxshi qabul qilindi. Retro uslubida suratga olingan klip ayniqsa yoshi ulug' tomoshabinlar uchun juda manzur bo'lmoqda. Talablariga binoan bugun mana shu klipni biz portalimiz orqali keng ommaga taqdim etamiz.
Umidaxon — «O'rgilay sizdan» klipini ko'chirib olish