Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Noy, 2013

Yangi klip: Umidaxon — «Mambo»!!!

Umidaxon - MamboKetma-ket kliplar taqdim etilayotgan noyabr oyida Umidaxondan ham yangi klipni qarshi olmoqdamiz. Umidaxon o’zining «Mambo» nomli hit taronasiga ishlangan klipini keng ommaga taqdim etdi. Antiqa ravishda suratga olingan mazkur klipni hoziroq tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Umidaxon ijrosidagi «Mambo» taronasining o’zi juda ham quvnoq va qiziqarli chiqqanligini hech kim inkor etmaydi. Qo’shiq radioto’lqinlar uzra jarang sochayotganiga anchagina vaqt bo’ldi va bu orada tarona hit darajasigacha yetib bordi. Klipni tomosha qilgach esa, qo’shiqqa mos ravishda klip suratga olinganligiga guvoh bo’lasiz. Rejissor Sarvar Karimov, operator Izzatilla Lutfullaev tomonidan suratga tushirilgan mazkur klipda «United Soft» jamoasi tomonidan kompyuter grafikasi amalga oshirilgan. Klipda taniqli «Niqob» filmi qahramonini ko’rishingiz mumkin. Quyida klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Umidaxon - Mambo (474)

 


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 2 118 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *