Yangi klip: Shahzoda — «Malo li»!!!
Maftunkor xonanda Shahzoda o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturi uchun hozirlik ko’rayotgan bir paytda, undan yana bir yangi tarona va klipni qarshi olmoqdamiz. Shahzoda ijrosidagi «Malo li» deb nomlangan tarona «Geolog. O’limdan kuchli» filmi uchun maxsus saundtrek tarzida kuylangan.
Bugun mana shu taronaga suratga olingan maxsus videoklipni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Ketma-ket bir qator filmlar uchun saundtrek ijro etayotgan Shahzodaning mazkur saundtreki ham o’zgacha chiqqanligini ta’kidlash o’rinli. Rus tilida ijro etilgan «Malo li» taronasiga ishlangan videodan olingan bir qator fotosuratlar quyida e’tiboringizga tortiq etilmoqda. Shuningdek, klipni ko’chirib olish uchun yo’llanma ham taqdim etilmoqda.