Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
22 Fev, 2016

Yangi klip: Sardor Rahimxon — «Omon-omon»!!!

Sardor Rahimxon - Omon-omon

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon ijrosidagi «Omon-omon» taronasi ko’plab muxlislar ko’nglidan joy olishga ulgurgan edi. Mana shu muxlislarni talab va istaklarini inobatga olgan xonanda mazkur taronaga ham klip suratga tushirishga qaror qildi. Natijada esa mana bugun klip sizning hukmingizga havola qilinmoqda.

Sardor Rahimxonning «Omon-omon» taronasi matni Zohidjon Obidov qalamiga mansub, musiqa muallifi esa Jasur Javharnazarovdir. Mazkur taronaga suratga olingan ajoyib klip rejissori so’nggi paytlarda o’zining ko’plab kliplari bilan shuhrat qozonayotgan Dilmurod Agzamov hisoblanadi. Umid qilamizki, qo’shiq singari klip ham muxlislar ko’nglidan chuqur joy topa oladi. Ana endi esa yana odatga ko’ra psixolog fikrini e’tiboringizga havola qilamiz.

Psixolog fikri (Azizbek Axrorov): Shubhasiz Sardor Rahimxon o’z muxlislariga klip orqali dard, pushaymon, ayriliq azobi, sevgi, sotqinlik va boshqa his-tuyg’ularni yetkazmoqchi bo’lgan, yetkazgan ham! Ammo klipning maqsadi, mohiyati to’liq ochilmagan nazarimda, qaysidir ma’noda qisman noo’rin epizodlar ham o’rin olgan klipdan. Chunki ma’lum bir muddat, qandaydir bir sehrli holatga ko’ra xatlarning yo’qolib ketmasligi, klip syujetini sevgi uchburchagi ko’rinishida berishga harakat qilgani va hakazo… Biroq, Sardor Rahimxonning fe’l-atvoridan, dunyo qarashidan, romantikaga, faylasufona fikrlashga bo’lgan qobiliyatidan kelib chiqsak, klipni aynan shu stilda shu obrazlar ishtirokida suratga olishgani, ijodkorning sirli hatti-xarakatlarini nafaqat oqlaydi, balki uni yana bir bor(muxlislar ko’z o’ngida) og’ir-vazmin, yetti o’lchab bir kesadigan shaxs ekanligini tasdiqlaydi.

Sardor Rahimxon - Omon-omon (0)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *