Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Sen, 2014

Yangi klip: Sardor Rahimxon — «Malikam endi qara»!!!

Sardor Rahimxon - Malikam endi qaraEstradamizning eng yorqin yulduzlaridan biri bo’lmish Sardor Rahimxon ijrosidagi «Malikam endi qara» nomli taronasi chiqishidan avval haqiqiy shov-shuvlarga sabab bo’lgan edi. Mana bugun esa mazkur taronaga suratga olingan klipni ham portalimiz orqali qarshi olishingiz mumkin.

Juda ham qiziqarli va romantik tarzda suratga olingan mazkur klipni bir bora ko’rsangiz, yana va yana ko’rgingiz kelaveradi. Darhaqiqat qiziqarli tarzda suratga olingan. Sardor Rahimxon ijrosidagi «Malikam endi qara» taronasiga suratga olingan klip rejissori Sanjar Matkarimov, operatori esa Narimon Sultonxo’jaev hisoblanadi. Hozirda bu ikki ijodkorlar birgalikda bir jamoa bo’lib emas, alohida alohida faoliyat yuritishmoqda. Sardor Rahimxon esa ularni bu klipda yana birlashtirishga qaror qildi. Juda ham iste’dodli klipmeykerlar tandemi ostida albatta yaxshi klip dunyoga kelishi kerak edi. Shunday ham bo’ldi. Klipda bosh rollarda Sug’diyona Azimova hamda Asal Shodievalar suratga tushishgan. Agar ahamiyat bergan bo’lsangiz Asal Shodieva so’nggi paytlarda Sardor Rahimxonning barcha kliplarida namoyon bo’lmoqda. Shuningdek, boshqa birorta xonandaning klipida esa ko’rinish bermaydi. Bu ikki ijodkor o’zaro yaxshi til topishishgan ko’rinadi. Nima bo’lganda ham biz barcha ijodkorlarda chiroyli ijod namunalarini kutib qolamiz. Endi esa navbat klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasiga.

Sardor Rahimxon - Malikam endi qara (363)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 182 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *