Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
13 Yan, 2016

Yangi klip: Sardor Rahimxon — «Azizam»!!!

Sardor Rahimxon - Azizam

Bugun saytimiz orqali siz azizlarga Sardor Rahimxon ijrosidagi yangi «Azizam» nomli taronaga suratga olingan klipni taqdim etmoqdamiz. Sardor Rahimxonning navbatdagi ijro etgan taronasi ma’yus ohangda kuylangan bo’lib, mazkur qo’shiq so’zlari Bobur Bobomurod qalamiga mansub, musiqa muallifi esa Jonibek Murodov hisoblanadi.

Sardor Rahimxonning «Azizam» taronasiga suratga olingan klip rejissori sizlarga yaxshi tanish bo’lgan klipmeyker Dilmurod Agzamov hisoblanadi. Mazkur klipda siz bosh rollarda Yulduz Rajabova hamda Doniyor Hafizovlarni ko’rishingiz mumkin. Klip xiyonat haqida hikoya qiladi. Ajab emas, bu klipni tomosha qilib, xato yo’llarga kirib qolganlar o’z vaqtida aqlini yig’ib, xatosini tushunib yetsalar. Klip haqida ko’p so’zlab o’tirmaymiz, yaxshisi uni o’zingiz bir bora tomosha qiling!!!

Sardor Rahimxon - Azizam (0)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *