Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Noy, 2014

Yangi klip: «Samras» — «Meni kechir»!!!

Samras - Meni kechirBugun portalimiz orqali siz azizlar uchun yana bir yangi videoklipni taqdim etamiz. Bizning portalimiz orqali anchadan buyon ko’rinish bermayotgan «Samras» guruhidan endilikda doimiy ravishda yangiliklarni qarshi olib borishingiz mumkin. Jumladan, bugun ushbu guruhdan yangi videoklip sizlarga tortiq etiladi.

«Samras» guruhi yigitlari Suhrob va Sardor doimo sifatli ijod namunalarini o’z muxlislariga taqdim etib kelishidan xabaringiz bor. Mana bugun siz azizlarga taqdim etilayotgan «Meni kechir» taronasiga suratga olingan klip ham ajoyib tarzda tasvirga tushirilganligini ta’kidlash o’rinli. Bu klip aslida juda ham uzun voqelikdan iborat edi. Biroq, uni bir klipga sig’dirish mushkul bo’lganligi sababli uni 2ta klipga taqsimlashga to’g'ri keldi. Bugun sizlarga taqdim etilayotgan klip bu voqeaning birinchi qismi hisoblanadi. Tez orada uning davomini ham qarshi olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Darvoqe, mazkur klip ssenariy mualliflari va klip rejissorlari «Samras» guruhi yigitlari Suhrob Rahimov hamda Sardor Ahmedov hisoblanishadi. Klip operatori esa Nozim Tolipov.

Samras - Meni kechir (243)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 675 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *