Yangi klip: Rayhon va Lola — «Ko’nikmadim»!!!
O’zbek shou-biznesi olamida maftunkor xonandalar serob. Ammo, ular orasida shundoqqina ajralib turadiganlari sanoqli. Rayhon va Lolani shular jumlasiga kiritishimiz mumkin. Bu ikki ijodkorning har bir kuylagan qo’shig’i hit bo’ladi. Ularning birgalikda kuylagan taronasini esa gapirmasa ham bo’ladi.
Biz bugun sizlarga Rayhon hamda Lola ijrosidagi «Ko’nikmadim» deb nomlangan qo’shiqqa klipmeyker Jasur Shametov tomonidan suratga olingan klipni taqdim etmoqdamiz. Umid qilamizki, mazkur falsafiy qarashga ega bo’lgan kreativ klip sizlarga ham manzur keladi. Ikki ayolning ichki kechinmalari aks etgan klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish uchun yo’llanma quyida havola qilinmoqda. Marhamat, qarshi oling!!!
Rayhon va Lola - Ko'nikmadim (93)