Yangi klip: Rayhon — «So’nggi nafas»!!!
Yorqin yulduzimi Rayhon ham o’zining navbatdagi klipini keng ommaga taqdim etdi. Yodingizda bo’lsa, portalimiz orqali Rayhonning mazkur klipini suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlar havola qilgan edik. Mana bugun esa mazkur klipni o’zini ham taqdim etmoqdamiz.
Rayhon ijrosidagi «So’nggi nafas» taronasiga ishlangan klipni emotsional klip desak adashmagan bo’lamiz. Zero, Rayhonni bu qadar emotsional klipini shaxsan men ko’rganimni eslolmayapman. Klipdagi raqslar ham qo’shiqqa juda mos tushgan. Klip «United Soft» jamoasi tomonidan suratga olingan. Quyida sizlarga klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi taqdim etilmoqda.