Yangi klip: Rayhon — «Ne bo’lar»!!!
Maftun va betakror xonanda Rayhon ijrosidagi «Ne bo’lar» taronasini taqdim etgan edik. Mazkur taronaga klip suratga olish jarayonidan fotolavhalarni ham havola qilgan edik. Yaqindagina esa klipning treylerini ham sizlarning e’tiboringizga tortiq etgan edik.
Mana bugun esa uzoq kutilgan klipni ham qarshi olishingiz mumkin. «United Soft» jamoasi tomonidan suratga olingan mazkur klipda kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Qiziqarli tarzda suratga olingan ushbu klipda Rayhon doimiy ravishda yo’l bo’ylab yurib, harakatda bo’ladi. Klipda Rayhonning fan-klubi a’zolari ham suratga tushishgan. Quvnoq va kayfiyatni ko’taruvchi klipni tomosha qilib, hayot tashvishlaridan biroz chalg’ishingiz mumkin. Quyida klipni ko’chirib olish yo’llanmasi va klipdan fotolavhalar taqdim etilmoqda.