Yangi klip: Rayhon — «Asalim mani»!!!
Maftunkor yulduz, iste’dodli xonanda, endilikda egizak farzandlarning mehribon onasi Rayhon ijodidan yangi klipni qarshi oling. Estradamiz yulduzi farzandlari uchun atab kuylagan «Asalim mani» nomli taronasiga klip ham tasvirga tushirdi. Bugun mana shu klipni siz azizlarga taqdim etmoqdamiz.
Aslida bu klipni bizga taqdim etishganlariga bir qancha vaqt bo’lgan bo’lsada, ba’zi sabablarga ko’ra saytimiz faoliyatiga e’tibor qarata olmaganligimiz tufayli kechroq bo’lsada sizlarga havola etishga qaror qildik. Kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan mazkur klip sizlarga ham manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Bu klip ayniqsa yosh bolalarni e’tiborini o’ziga tortsa ajab emas. Quyida klipdan olingan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi sizlarga taqdim etilmoqda.