Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Fev, 2014

Yangi klip: Oybek va Nigora — «Kechir»!!!

Oybek va Nigora - KechirEstradamizning ajralmas va takrorlanmas dueti Oybek va Nigora ijodidan qaynoq va quvonchli yangilik. Oybek va Nigora «Kechir» deb nomlangan mahzun va dardli qo’shiq kuyladi va bu qo’shiqqa klip ham suratga tushirildi. Rustam Meliev tomonidan suratga olingan abstrakt va falsafiy klipni yopiq prem’erasi ham bo’lib o’tdi.

Kuni kecha 16-fevral oqshomida Oybek va Nigora o’z yaqinlarini jamlagan holda o’zining yangi «Kechir» nomli taronasiga suratga olingan klipni yopiq prem’erasini o’tkazdi. Yopiq prem’eraga tashrif buyurganlar orasida Umidaxon, Kamola Oripova, Farruh Ahmedov kabi bir qator tanish chehralarni, yulduzlarni ko’rishingiz mumkin edi. Jamlanganlarga klip haqida va uning ijodkorlari haqida qisqacha ma’lumot berilgach, klipni namoyishi ham bo’lib o’tdi. Tashrif buyurganlar namoyish etilgan klip haqidagi fikrlarini bildirib o’tdilar. Klipda Oybek va Nigoradan tashqari Davron Kabulov ham rol ijro etgan. Yuqorida aytib o’tganimdek, klip abstrak uslubda tasvirga tushirilgan bo’lib, unda falsafiy ma’no bor. Quyida klip yopiq prem’erasida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar havola qilinmoqda. Shuningdek, klipdan olingan fotosuratlarni ham tomosha qilishingiz mumkin.

Oybek va Nigora - Kechir (606)

Star media


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 389 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *