Yangi klip: Otabek Mutalxo’jaev va Xushnud — «Hayol»!!!
Bugun portalimizda yana bir yangi klip taqdim etiladi. Sizlarga havola etilishga tayyor turgan klip Otabek Mutalxo’jaev hamda uning shogirdi Xushnud tomonidan ijro etilgan «Hayol» taronasiga suratga olingan bo’lib, uning rejissori Shuhrat Mavlonov hisoblanadi.
Otabek Mutalxo’jaev o’z ijodi davomida ko’p hollarda yosh ijodkorlar bilan duet kuylaganini kuzatamiz. Uning duetdoshlarining aksariyati shogirdlari bo’lishidan ham xabaringiz bor. Bu holat Otabekni qay darajada yoshlarga nisbatan yordam qo’lini cho’zishini ko’rsatib bersa ajab emas. Bugun sizlarga taqdim etilayotgan videoklip ham Otabekning shogirdi Xushnud bilan birgalikda ijro etgan «Hayol» taronasiga suratga olingandir. Mazkur tarona Siyovush Ramazonov so’zi va musiqasi bilan kuylangan bo’lib, yuqorida aytib o’tganimizdek, unga ishlangan klip rejissori Shuhrat Mavlonovdir. Marhamat, klipni qarshi oling, tomosha qiling va unga baho bering!!!
Otabek Mutalxo'jaev va Xushnud - Hayol (255)