Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Noy, 2014

Yangi klip: Nilufar va Dj Piligrim — «Dilim»!!!

Nilufar va Dj Piligrim - DilimVa nihoyat Nilufar hamda Dj Piligrim ijrosidagi «Dilim» taronasiga suratga olingan klip tayyor bo’ldi va keng ommaga taqdim etilmoqda. Bu qo’shiq tayyor bo’lib, efirga uzatilganiga juda ham ko’p vaqt bo’lgan bo’lsada, uning klipini taqdim etilish fursati biroz cho’zilib ketdi.

Har bir yaxshi ijod namunasi tayyorlanishi uchun albatta ko’p vaqt talab etiladi. Biz sizlarga taqdim etayotgan yangi videoklipimiz ham yaxshi ijod namunalaridan biriga kirishi shubhasiz. Shu sababdan ham mazkur klip tayyorlanishi uchun ko’p vaqt sarflandi. Professional taronaga, albatta professional darajadagi klip suratga olinishi talab etilgan edi. Dj Piligrim so’zi va musiqasi asosida dunyoga kelgan Nilufar va Dj Piligrim tomonidan ijro etilgan «Dilim» duet taronasiga bugungi kundagi bir qator sifatli kliplar muallifi Timur Primqulov klip suratga tushirdi. Bu taronaga men tinglab dam olishga moslangan, tinchlantiruvchi tarona deb tarif bergan bo’lar edim. Darhaqiqat, bu taronani tinglar ekansiz, shunchaki ko’zingizni yuming va uni tinglang!!! Agar nogahon ko’zingiz uyquga ketsa ajablanmayman. Bu qo’shiqni zerikarli ekanligidan dalolat emas, aksincha insonni turli dunyoviy, oilaviy tashvishlardan chalg’itib, dam olishga undovchi tarona bo’lganini bildiradi. Uning klipi ham qo’shiqqa hamohang ravishda suratga olingan. Marhamat, yangi videoklipni qarshi oling azizlar!!!

Nilufar va Dj Piligrim - Dilim (315)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 170 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *