Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 May, 2014

Yangi klip: Munisa Rizaeva — «Yorim»!!!

Munisa Rizaeva - YorimO’zining antiqa uslubi bilan shuhrat qozongan Munisa Rizaevadan bugun yana bir qaynoq klipni qarshi olishingiz mumkin. O’zbek estradasining bugungi kundagi yorqin vakilalaridan biriga aylangan Munisa Rizaeva o’zining «Yorim» nomli yangi taronasiga suratga olingan klipini keng ommaga tortiq etmoqda.

Munisa Rizaeva ijrosidagi «Yorim» nomli yangi tarona matn va musiqa muallifi Eldor Qayumov hisoblanadi. Unga ishlangan klip rejissori esa Munisaning aksari kliplarini suratga tushirib kelayotgan o’z ishining ustasi, klipmeyker Narimon Sultonxo’jaevdir. Klipni antiqa klip deb baholagan bo’lardim. Noan’anaviy kliplari bilan ommani e’tiborini qozonayotgan Munisa Rizaevadan mana shunday klipni kutish o’rinli bo’lsa kerak. Klipda bir qator mashhur san’at vakillarini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Sardor Rahimxon, Jahongir Poziljonov, «Comedy.uz» rezidentlari Xasan va Xusan, Otabek Mahkamov o’zlariga topshirilgan obrazlarni chiroyli tarzda ijro etib berganlar. Quyida mazkur klipdan olingan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi taqdim etilmoqda. Marhamat, klipni tomosha qiling va unga baho bering!!!

Munisa Rizaeva - Yorim (531)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 599 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *