Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Yan, 2014

Yangi klip: Lola — «Super love»!!!

Lola - Super loveO’zbek estradasining yorqin yulduzi Lolaning har bir ijod namunasi katta qiziqish bilan qarshi olinishi shubhasiz. Mana bugun Loladan yana bir ajoyib ijod mahsulini qarshilashingiz mumkin. Real voqealar asosida suratga olingan O’zbekistondagi ilk klip mana shu bo’lsa ajab emas.

Gap nima haqidaligini yaxshi tushunmagan bo’lsangiz, hozir ma’lum qilib o’tamiz. Gap shundaki, Lola ijrosidagi yangi «Super love» nomli taronaga suratga olingan klip real voqealardan iborat. Klipdagi videolarning asosiy qismi real hayotdan olingan. Yodingizda bo’lsa, Lolaning «Love me» taronasiga suratga olingan klipda Lolani singlisi va klip qahramonlaridan biri Shohzamonning sevgi qissasi juda qiziqarli namoyish etib berilgan edi. Bugun esa mazkur klipni davomi sifatida «Super love» taronasiga suratga olingan klip taqdim etilmoqda. Klipda foydalanilgan videolar bu juftlikning hayotidan olingan bo’lib, undagi ishtirok etgan barcha yigit va qizlar darhaqiqat hayotda ham do’stlar hisoblanishadi. Shohzamon Lolaning singlisi Asalning tug’ilgan kuniga eng esda qolarli romantik sovg’ani hadya etdi. Marhamat, klipni tomosha qilib, unga o’zingiz baho bering!!!

Lola - Super love (378)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 734 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *