Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Mart, 2015

Yangi klip: Lola — «Hayr»!!!

Lola - HayrMaftunkor Lola ijrosidagi «Hayr» deb nomlangan taronani kuni kecha sizning e’tiboringizga tortiq etgan edik. Mana bugun mazkur taronaga suratga olingan klipni ham taqdim etmoqdamiz. Biz sizlarga taqdim etgan mp3 formatidagi tarona bilan klip suratga olingan tarona farq qiladi.

Nega unday deysizmi? Chunki, taronaning biri ma’yus ohangda, akustik uslubda bo’lsa, ikkinchisi remiks talqinida tayyorlangan. Har ikki tarona ham juda a’lo darajada chiqqan. Klip esa ma’yus ohangdagi talqiniga suratga olingan va buni to’g'ri tanlov, deb bemalol ayta olamiz. Lolani «Hayr» taronasiga suratga olingan klipda 4 xil obrazda ko’rishingiz mumkin. Falsafiy ma’noga ega bo’lgan mazkur klipda Lolani sochlari kamayib borib, sochsiz qolgan holatigacha ko’rishingiz mumkin. Quyida Timur Primqulov tomonidan suratga olingan mazkur klipdan olingan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi sizlarga taqdim etilmoqda.

Lola - Hayr (222)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 449 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *