Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Dek, 2013

Yangi klip: Leyli — «Sevaman»!!!

Leyli - SevamanO’z vaqtida afsonaviy «Setora» guruhining ajralmas a’zolaridan biri bo’lgan, hozirda yakkaxon tazda Leyli tahallusi bilan ijodini davom ettirayotgan sevimli xonandamizdan navbatdagi ajoyib ijod namunasini qarshi olishga tayyormisiz? Taniqli bastakor Jakhongir.uz bilan hamkorlikda tayyorlangan Leyli ijrosidagi «Sevaman» taronasiga ishlangan klip bugun sizlarga manzur.

Odatda xonandalar xorijda dam olish safari bilan borgan vaqtida klip ham suratga tushirib qaytishadi. Ekonom uslubidagi bunday kliplar albatta u qadar yuqori sifatda bo’lmasligi siz va biz uchun ma’lum. Leyli esa aksincha yo’l tutdi, xorijga aynan klip suratga tushirish uchun yo’l oldi. Aslida bu qo’shiqning klipi g’oyasi ustida Leyli va Jakhongir.uz o’ylab chiqish jarayonida, qo’shiq matni ham yozilgan. Qo’shiq matni ham aynan Jakhongir.uz ijodidan ekanligini aytib o’tishimiz mumkin. Klipni ssenariysini yozish hamda rejissorlik vazifasi ham Jakhongir.uz zimmasiga yuklatildi. Jakhongir.uz esa ssenariy yozish va klipni tasvirga olish ishlari g’oyasini to’liq tuzib chiqish uchun 1 oy vaqt berishlarini so’radi. 1 oydan so’ng esa klip ssenariysi tayyor va unga ko’ra voqealar noma’lum evropa shaharlaridan birida bo’lishi yozilgan. Evropada joylashgan bir qator davlatlar shaharlari haqida o’ylab chiqildi va oxiri Fransiya poytaxti Parijda suratga olish ishlari amalga oshiriladigan bo’ldi. 1 haftda davomida Fransiyaning Parij shahrida Leylining «Sevaman» taronasiga klip suratga tushirish ishlari bo’lib o’tdi. Klip rejissori Jakhongir.uz. Klip operatori esa Rossiyada tahsil olgan operator Andrey Arutyunov hisoblanadi. Klip bugungi kuning eng yaxshi kameralaridan biri hisoblanadigan «RED Epic» video kamerasi yordamida suratga olindi.

Quyida sizning e’tiboringizga mazkur klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi keltirilmoqda. Marhamat, klipni tomosha qiling va unga o’zingiz baho bering!!!

Leyli - Sevaman (447)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 1 884 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. deshshet nahshiken…koz tegmisun….nahshini bek chirayli iytiptu…

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *