Yangi klip: Kaniza — «Ketaman»!!!
Estrada xonandasi Kaniza milliy uslubdagi tarona va kliplarini sonini tobora ko’paytirib bormoqda. Mana bugun siz azizlar uchun Kanizaning yana bir milliy yo’nalishdagi taronasiga suratga olingan yumoristik klipni taqdim etishga tayyor turibmiz. Umid qilamizki, sizlarga mazkur klip manzur bo’ladi.
Kanizaning «Hammasi 3″ yoxud «Ketaman» nomli taronasiga klip suratga olish jarayonidan va klipning kichik taqimot marosimidan maxsus fotoreportajlarni sizlarga taqdim etgan edik. Mana va nihoyat klipni o’zini ham qarshi olish fursati yetdi. Kanizaning mazkur yumoristik klipida Halima, Sharof Sharopov, Anjella, Mirtohir Mirg’ulomov va yana boshqa bir qator ijodkorlar suratga tushishgan. Quyida klipdan olingan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi taqdim etilgan. Klip rejissori Isroil Ismoilov.