Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Dek, 2014

Yangi klip: Kaniza — «Hiylalarim»!

Kaniza - HiylalarimYodingizda bo’lsa biz sizlarga Kanizaning yangi taronalaridan biri bo’lmish «Hiylalarim» taronasiga klip suratga olish jarayonidan maxsus fotoreportajni taqdim etgan edik. Mana bugun mazkur klipni ham qarshi olishingiz mumkin. Kreativ g’oyalarga boy Kanizaning navbatdagi ajabtovur klipi bizning portalimizda!

Kaniza ijrosidagi «Hiylalarim» taronasiga suratga olingan klip rejissori Sanjar Hadji hisoblanadi. Klipda Kaniza juda ham ko’p imijda namoyon bo’ladi, har biri kreativ qarashga ega bo’lgan imijlardir. Erinmagan Kaniza noodatiy kliplari va imijlari bilan barchani lol qoldirishda davom etmoqda. Buni kimdir tushunadi, kimdir esa yo’q! Kimdir buni bachkana desa, yana kimdir kreativ uslub, deb baholaydi. Nazarimda oddiygina bir xil kiyimda chiqib olib, klipda suratga tushgandan ko’ra turli xil kreativ uslublarda namoyon bo’lgan qiziqarliroq bo’lsa kerak. Marhamat, quyida siz azizlar uchun klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi taqdim etilmoqda.

Kaniza - Hiylalarim (303)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 987 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *