Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Apr, 2013

Usmonovaning yangi guruhi va uning klipi…

Maxita - Izlayman3 farzandning onasi, ajoyib va shaddod xonanda Nilufar Usmonova oilasidan, farzandlaridan, o’z ijodidan vaqt orttirib, endi yangi guruhlarga prodyuserlik vazifasini ham o’tamoqda. Nilufarga faqat va faqat qoyil qolish kerak. Tasanno Nilufar! Bugun Nilufar Usmonovaning prodyuserligi ostida ijod qilayotgan yangi «Maxita» guruhining ilk klipini taqdim etamiz.

Keling, avval guruh haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. «Maxita» guruhi 3 qizdan tashkil topgan bo’lib, ular 15 yoshli Munisa, 18 yoshli Mohinur hamda 20 yoshli Charos. Nilufar Usmonova bu qizlarni murakkab kasting jarayonidan tanlab, saralab olgan. Kasting 4 marotaba o’tkazilgachgina, mana shu bugun taqdim etayotgan klipimizdagi 3ta qiz saralab olingan. Guruh nega «Maxita» deb nomlanganligi ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Jumladan meni ham shu savol qiziqtirdi. Bu savolimizga Nilufar Usmonova quyidagicha javob berdi: «Bu tashkil qilgan guruhim «Maxita» deb nomlanishiga sabab aslida, guruhning barcha qizlarining ismi M harfidan boshlangan edi va men Mohitabonu ismini juda yaxshi ko’raman. Biroq, guruh a’zolaridan biri Madina turmushga chiqqan va homilador bo’lganligi bois, uni ijodiy ishlar bilan qiynab qo’yishni istamadim va o’rniga Charosni tanlab oldim. «Maxita» nomiga o’rganib qolganligim sababli guruhdagi o’zgarishdan so’ng, uni nomini o’zgartirmaslikka qaror qildik».  Shuningdek, Nilufar Usmonova endigina san’at olamiga qadam qo’yayotgan ushbu qizlarni muxlislar va xalqimiz yaxshi qabul qilishiga umid bog’lagan. Guruh a’zolari ham Nilufarni yuzini yerga qaratmaydi, degan umiddamiz.
Ana endi bugun taqdim etadigan klipimizga oid ma’lumotlarni berib o’tsak. «Izlayman» deb nomlangan qo’shiq musiqasi va aranjirovkasi muallifi Jasur Abdurahmonov, so’zlari Bobur Umarov qalamiga mansub. Unga ishlangan klip rejissori esa Akrom Sharipov hisoblanadi. Marhamat, klipni tomosha qilib, o’zingiz baho bering!

Maxita - Izlayman (387)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 1 875 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *