Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Dek, 2013

Ulug’bek Rahmatullaevdan jonli ijro… (VIDEO)

Ulug'bek Rahmatullaev jonli ijroSB.uz portalining yaqin do’sti, iste’dodli xonanda, o’zbek estradasining yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaevning 2013-yilgi yakkaxon konsert dasturidan taqdim etilayotgan videolar davom etadi. Mana bugun biz sizlarga Ulug’bek Rahmatullaevdan navbatdagi videoni taqdim etamiz.

Bu galgi videoda siz Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturida jonli ijroda kuylagan qo’shiqlarini tinglashingiz mumkin. To’g'risini etsam, konsert dasturida bir marta mazza qilgan edim, videoni tomosha qilib, undan ham ko’proq zavq oldim. Ulug’bek shu videoda haqiqatdan jonli kuylashni «buzvorgan»!!! Haqiqiy iste’dod egasi ekanligiga yana bir bor iqror bo’ldim. Bu so’zlarni Ulug’bek mening do’stim bo’lgani uchun emas, darhaqiqat iste’dodli ijodkor bo’lgani uchun aytayapman. Jonli ijroda orada qo’shilgan Ozodbek Nazarbekov hamda Alisher Uzoqovlarga ham tasanno. Juda chiroyli hirgoyi qila olishgan. Haqiqiy san’atdan zavq olishni istagan har bir san’atshinavanda insonni mazkur videoni bir bor bo’lsada tomosha qilishga chorlayman. Menga ushbu video yetim kelganiga bir necha kun bo’ldi va uni mana endi joylayotganligim uchun o’zimdan hafaman. Bu ham haqiqat!!! Zero, buni avvalroq joylashim lozim edi. Afsuski, vaqt muammosi bilan bo’lib, bugunga nasib qilgan ekan. Marhamat, videoni tomosha qilishga sizlarni taklif qilamiz!

Ulug'bek Rahmatullaev jonli ijro (507)


Muallif: | Bo'lim: Tanlanganlar, Yangi kliplar | 2 802 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. Salom. bu qoshagh`ni ati nima?

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *