U.Shamsievning «Zir-zir» klipi jarayonidan fotosuratlar
23 may kuni Umar Shamsiev o’zining yangi qo’shiqlaridan biri «Zir-zir» taronasiga klip suratga tushirish uchun tog’ qo’yniga yo’l oldi. Mazkur jarayondan bizning portalimiz uchun maxsus fotosuratlar tushirish maqsadida «Real Time» studiyasidan G’ayrat Ubaydullaev ham klip suratga olish guruhi bilan birgalikda yo’l oldi.
Turli tadbirlar bilan ovora bo’lib, ushbu jarayon fotosuratlarini sizlarga endi taqdim etmoqdamiz. Umar Shamsiev ijrosidagi «Zir-zir» taronasi mualliflari bilan avval tanishtirib o’tsak. Qo’shiq musiqa va matn muallifi Eldor Qayumov, aranjirovka ustida esa Botir Aliev ish olib bordi. Klipni tasvirga tushirish vazifasi «Premiere» studiyasi va Sayfiddin Melievga ishonib topshirildi. Klipda taniqli aktrisa Shohida Uzoqovani va yosh ijodkorlardan Akmal Nazarovni ham ko’rishingiz mumkin. Hozirda klipning montaj ishlab olib borilmoqda. Klipdan fotolavhalar esa quyida siz azizlarga havola etilmoqda.
bunig quxurex aderese yokkangu naden quxuremiz buni