Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Fev, 2013

Super Prem’era: «Zamon» — «Kechagi kun»

Zamon - Kechagi kunO’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan guruhlardan biri «Zamon» yana bir klip suratga tushirdi. Bu safar ham ulardan triller janridagi klipni ko’ramizmi, degan savollarga yo’q endi melodrama janrida, romantik klipni qarshi olamiz, deb javob beramiz. Bir-biriga mos juftlikdan yoqimli klip!

«Zamon» guruhi o’zining «Kechagi kun» qo’shig’i uchun klip suratga tushirdi. Klipning rejissorligini ham guruh a’zolari Zara hamda Shohruh Jo’raev amalga oshirgani e’tiborga molik. Operatorlik vazifasini o’tash uchun esa Nusrat Xusanov jalb etilgan. Qo’shiq matni va musiqasi ham aynan Shohruh Jo’raev ijodidan. Aranjirovka muallifi Jasur Badalboev. «Kechagi kun» taronasi aslida bundan ancha avval ijro etilishi lozim edi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, qo’shiq matni va musiqasi bundan 14 yil avval yozilgan ekan. Biroq, mana bugungi kunga kelib ushbu qo’shiqqa hayot baxsh etildi. Bu qo’shiqni harid qilish istagida juda ham ko’plab takliflar bo’lgan, ammo Shohruh qo’shiqni sotishni istamagan. Bu hayotdan olingan tarona bo’lganligi sababli ham o’zi ijro etishga qaror qilgan. Endi esa navbatni klip prem’erasiga beramiz. Birinchi bo’lib SB.uz portalida «Zamon» guruhidan «Kechagi kun» taronasiga ishlangan klip. Marhamat!

Zamon - Kechagi kun (432)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 2 070 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *