Super Prem’era: Ulug’bek Rahmatullaev — «Yomg’irlar»!!!
2012 yilning eng yaxshi erkak xonandasi nomi uchun asosiy davogar Ulug’bek Rahmatullaev yil yakunida ham tinmayapti. U o’zining «Yomg’irlar» nomli taronasini «Koreyalik kelin» filmi uchun saundtrek sifatida taqdim etdi. Bugun mana shu qo’shiqqa ishlangan saundtrek-klipni e’tiboringizga tortiq etamiz. Ishonamizki, mazkur klip ham sizlarga manzur bo’ladi.
Durdona To’laganova rejissorligida suratga olingan «Koreyalik kelin» filmi uchun Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi «Yomg’irlar» qo’shig’i saundtrek tarzida tanlab olindi. Qo’shiq juda ham ta’sirli chiqqan. Muxlislar ham mazkur qo’shiqqa Ulug’bekdan klip kutishayotgan edi. Mana muxlislarning talabi ham, kinochilarning ehtiyoji ham qondirildi. Demak, yangi klip prem’erasini tomosha qilamiz. Quyida klipni ko’chirib olish uchun yo’llanma hamda klipdan fotolavhalar keltirilgan.
Ulug'bek Rahmatullaev - Yomg'irlar (960)