Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 May, 2013

Super Prem’era: Shahzoda Muhammedova «Sensiz»

Shahzoda Muhammedova - SensizBugun SB.uz portali o’z muxlislari uchun ajoyib prem’erani taqdim etadi. Sevimli aktrisamiz Shahzoda Muhammedova endi xonandalikda o’zini sinab ko’rmoqda. Shahzoda Muhammedovaning ilk qo’shig’i va unga ishlangan videoklip portalimiz orqali eksklyuziv prem’era tarzida taqdim etilmoqda.

Shahzoda Muhammedovani biz aslida aktrisa sifati yaxshi bilamiz. Biroq, uning modelerlik borasidagi faoliyati ham bizga qorong’u emas. Ana endi esa Shahzoda Muhammedovani xonanda sifatida o’zimizga kashf etamiz. Biz Shahzoda bilan suhbat davomida bir qiziq ma’lumotni bilishga erishdik. Aslida Shahzoda Muhammedova aktrisalik faoliyatini boshlashidan maqsad ham xonandalik sari qo’yilgan qadam ekanligini yashirib o’tirmadi. Aktrisalikka shunchaki tasodifan kirib qolgan Shahzoda, ana endi o’zi istagan xonandalik faoliyatini ham boshladi. Keling endi «Sensiz» qo’shig’i va uning klipiga qaytsak.

«Sensiz» taronasi musiqasi Sherzod Yosinovga, so’zlari esa Iroda Qurbonovaga tegishli. Bu qo’shiqqa Sanjar Matkarimov g’oyasi va rejissorligida klip suratga tushirildi. Klip operatori Nurimon Sultonxo’jaev hisoblanadi. Klipdagi rollarni Yulduz Tursunqulova va Xojiakbar Muhammedov ijro etgan. Yana bir qiziq ma’lumot. Klipdagi yigit Shahzoda Muhammedovaning ukasi hisoblanadi. Bu Xojiakbarning aktyorlik borasidagi ilk qadami hisoblanadi. Ajab emas kelajakda u ham taniqli aktyorlar qatoriga qo’shilsa. Xojiakbar aktyorlik mahorati bo’yicha Yulduz Hamidovadan dars olgan. Klipni suratga olish jarayonida 20ga yaqin ijodiy jamoa ish olib bordi. Suratga olish ishlari erta tongga qadar davom etgan. Klipda kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan bo’lib, klipni tayyorlanish jarayonidagi eng uzoq vaqt aynan shu jarayonga sarf qilingan. Endi esa uzoq kutilgan klip prem’erasiga e’tiboringizni qaratamiz.

Shahzoda Muhammedova - Sensiz (705)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 2 856 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *