Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Iyun, 2013

Super Prem’era: Shahzoda «Hands in the air»!!!

Shahzoda - Hands in the airO’zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzodaning «Qo’llar tepaga» qo’shig’i juda ham ommalashganligini hech kim inkor etmasa kerak. Bu qo’shiqning ommabopligi endi xorij davlatlarini ham qamrab olsa ajab emas. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, «Qo’llar tepaga» taronasining ingliz tilidagi talqini tez orada xorijlik muxlislar qalbini ham egallaydi.

«Qo’llar tepaga» taronasining ingliz tilidagi talqini taniqli Fransiyalik DJ Sean Bay bilan hamkorlikda yozilgan bo’lib, qo’shiq «Hands in the air» deb nom olgan. Ushbu qo’shiq jarang socha boshlaganiga bir qancha vaqt o’tdi. Bu taronani Shahzodaning bu yilgi may oyi boshlarida o’tgan konsert dasturiga tashrif buyurgan muxlislari yaxshi bilishadi. Zero, ushbu tarona ilk bor mazkur konsert dasturida jarang sochgan edi. Ana endi esa bu qo’shiqqa ishlangan klip ham siz azizlarga taqdim etilmoqda. Klip rejissor Yodgor Nosirov tomonidan suratga olingan. Biroq, uni tomosha qilsangiz, go’yoki xorijlik klip ustalari tomonidan suratga olingan deb o’ylashingiz shubhasiz. Sevimli xonandangiz ijrosidagi «Hands in the air» nomli ingliz tilidagi qo’shiqni klipini qarshi olishga tayyormisiz? Unday bo’lsa marhamat!!!

Shahzoda - Hands in the air (549)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 2 649 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. bak yhaxi iytip tu , man shahzodaga bak amrak , sizni sivaman sha zoda

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *