Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2013

Super Prem’era: Rayhon — «Qani»!!!

Rayhon - QaniYaqindagina Rayhonning «Qani» nomli qo’shig’iga klip suratga tushirilayotganligi haqida xabar bergan edik. Buni qarangki, qisqa fursat ichida klip ham tayyor bo’lib ulgurdi. Klipmeyker Nozim Jumaev tomonidan suratga olingan mazkur klip prem’erasini esa SB.uz portali siz azizlarga taqdim etmoqda.

Rayhonning ijodiga qiziquvchi muxlislar uchun bu juda ham ajoyib yangilik hisoblanadi. «Qani» deb nomlangan qo’shiqqa suratga olingan klipda avval aytganimizdek, yulduzlar yog’dusini ko’rishingiz mumkin. Yigiatli, Murod Rajabov, Zarina Nizomiddinova, Alisher Uzoqov, Samandar, Sevara Solieva, Zuhra Solieva, Shukrullo Isroilov, Rustam Sa’dullaev, Halima, Aziz Rametov, Shahzoda Muhammedova, Asal Shodieva, Botir Imomxo’jaev kabi yulduzlarimiz bir klipda jam bo’lishganing o’ziyoq juda katta gap. Har birlariga 3 yarim daqiqalik klipda rol topilgani esa yana bir mahorat. Klipni tomosha qilar ekansiz, beixtiyor afsonaviy jahon yulduzi Maykl Jeksonni yodga olasiz. Zero, Maykl Jeksonda ham shu klipga o’xshash klipi bor edi. Quyida klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi keltirilmoqda. Marhamat, klipni tomosha qiling va unga baho bering.

 Rayhon - Qani (711)


Muallif: | Bo'lim: Yangi kliplar | 3 273 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *