Super Prem'era: Oybek va Nigora «Sen meni sevasanmi»!
O'zbek estradasining ajralmas juftligi Oybek va Nigoradan yangi ijod namunasini qarshi olishga tayyormisiz? Siz azizlarga Oybek va Nigora «Sen meni sevasanmi» nomli yangi qo'shig'iga klip suratga tushirayotganligi haqida xabar bergan edik. Mana ushbu klipni eng birinchi bo'lib tomosha qilish imkonini ham aynan SB.uz portali sizlarga taqdim etmoqda.
Eksklyuziv ravishda eng birinchi bo'lib, ushbu klipni siz muxlislar hukmingizga havola etishga tayyormiz. O'ziga xos kreativ uslubdagi ushbu klip sizlarni ham e'tiboringizni birinchi namoyishdayoq tortsa ajab emas. Zero, klip yuqori mahorat bilan suratga olingan. Ishonamizki, klipni muxlislar juda ham yaxshi qabul qilishadi. Quyida klipni ko'chirib olish yo'llanmasi va klipdan fotolavhalar taqdim etiladi.