Super Prem’era: Munisa Rizaeva va Botir Qodirov «Dema-dema»!!!
Munisa Rizaeva hamda Botir Qodirovning birgalikda kuylagan duet taronalari klipi tayyor bo’lguniga qadar ommalashib ulgurdi. Endilikda esa ushbu qo’shiqqa ishlangan klipni ham qarshi olishingiz mumkin. Bu klip haqida biz sizlarga bir necha bor ma’lumot bergan edik. Navbat endi klip prem’erasiga!
Xivada suratga olingan mazkur klip o’zining milliy ruhiyati bilan e’tiborni tortsa ajab emas. O’z yo’nalishiga ega bo’lgan ajoyib iste’dod sohibasi Munisa Rizaeva hamda yana bir iste’dodli xonanda Botir Qodirovning hamkorlikda ijro etgan duet taronalar ancha muvaffaqiyatli chiqdi. Klip ushbu muvaffaqiyatga yana qo’shimcha kuch bersa ajab emas. Uzoq kutilgan klip prem’erasini SB.uz portali o’z muxlislariga taqdim etadi.
Qochon???